Buxoro yangiliklari

Buxorolik Shahriyor sambo bo‘yicha Jahon chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

photo 752

Loading

14-oktabrdan 16-oktabrga qadar Armaniston poytaxti Yerevan shahrida yoshlar, o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

23 ta mamlakat sportchilari qatnashgan ushbu chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Vakillarimiz musobaqada umumiy hisobda 17 ta medal qo‘lga kiritishdi. Shularning 3 tasi oltin, 7 tasi kumush va yana 7 tasi bronza medallaridir.

photo 01 177

Quvonarlisi esa ushbu musobaqada Buxoro olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji sportchi-o‘quvchisi Shaxriyor Karimov 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

photo 02 256

Terma jamoamizda musobaqa yakuniga ko‘ra, sovrindorlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yoshlar:

Oltin:
-64 kg: Diyor Pirnazarov;
-65 kg: Muxlisaxon Qodirberganova.
Kumush:
-50 kg: Gulhayo Jo‘rayeva;
-72 kg: Mohigul Komiljanova;
+98 kg: Asror Hamidov.
Bronza:
-58 kg: Egambergan Iskandarov;
-79 kg: Shoxjahon Temirov;
-54 kg: O‘g‘ilxon Kenjaboyeva;
-59 kg: Feruza Bobokulova.

O‘smirlar:

Oltin:
+98 kg: Maxmudjon Maxsudov.
Kumush:
-71 kg: Shaxriyor Karimov;
-65 kg: Muxlisa Turdiyeva;
-59 kg: Feruza Bobokulova.
Bronza:
-98 kg: Qutlimurod Numonov;
-72 kg: Sevinch Maxmudjonova;
-47 kg: Uybo‘lsin Hakimova.

Kadetlar:

Kumush:
-46 kg: Ne’matjon Xudoyberganov.

photo 03 187

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.