Mashhurlar
Kinoda sevishganlar rolini ijro etib, real hayotda bir-biridan nafratlanadigan turk aktyor va aktrisalari
Ekranda go‘zal sevgi hikoyasi, to‘siqlarni birgalikda yengib o‘tishni uddalagan aktyor va aktrisalar eng ajoyib juftlik sifatida tomoshabinlar mehrini qozonadi. Ammo sahna ortida yulduzlarning bir-birlari bilan munosabatlari havas qilgudek darajada emas. Faqatgina loyiha uchun bir-birlariga chidashga majbur bo‘lgan taniqli aktyor va aktrisalar juda ham ko‘p, ularning aksariyati tomoshabinlarni hayratga solishi aniq. Elle nashri bu haqda eng qiziq ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Jan Yaman va Selin Soyder
Turkiyalik kelishgan aktyor Jan Yaman o‘zining injiq xarakteri bilan mashhur. “Qaysi birimiz sevmadik” serialida go‘zal sobiq juflik rolini ijro etgan Selin hamda Jan sahna ortida bir necha bor ziddiyatga duch kelgan. Hattoki Jan qizga qarata stakan uloqtorganini ham rad etmagan. Bunisi ham yetmaganidek, u o‘z partnyorini aktrisalik qobiliyati yo‘qligini ta’kidlab, haqoratlagan. Shundan so‘ng Selin loyihani tark etishga qaror qilgan va shunday keyin Jan bilan hayotda uchrashib qolmaslikka harakat qiladi.
Kivanch Tatlitug‘ va Fahriye Evjen
“Kurt Seit va Aleksandra” serialida ehtirosli juftlik rolini ajoyib tarzda namoyon etgan Fahriye va Kivanch ham ekran ortida unchalik iliq munosabatlarga ega bo‘lmagan. Shuningdek, suratga olishga olish ishlariga aktrisaning turmush o‘rtog‘i Burak O‘zchvit ham rashk tufayli o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Aktrisaning o‘zi ham suratga olish guruhining a’zolariga kun bermagan. Kivanchning so‘zlariga ko‘ra, hammaga aql o‘rgatishga odatlangan aktrisa aslida unchalik ham iste’dodli bo‘lmagan. Oxiri mashhur aktyorning rafiqasi Kivanchdan mevali yogurt keltirishini so‘rganida, u bu kabi takabbur xonim bilan hech qachon birga ishlamasligini ma’lum qilgan.
Burak O‘zchivit va Neslihan Atagul
Evjen va O‘zchivit juftligi oilaviy tarzda suratga olish maydonchasida kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi bilan hammani hayratda qoldirmoqda. “Sevgi iztirobi” serialida ajoyib juftlik tarzida tomoshabinlar qalbini zabt etgan Neslixan hamda Burakning sahna ortidagi nizolari rejissorlarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Bunga aktyorning rafiqasi Evjenning rashki sabab bo‘lgan. Burak rafiqasini qanchalik xotirjam qilishga urinmasin, hammasi o‘zining partnyoriga issiq qahva uzatganidan keyin boshlangan. Aynan shu voqeadan so‘ng Neslixan Burak bilan birga tushishi kerak bo‘lgan sahanalarni ijro etishdan bosh tortgan. Ijodiy jamoa ish shunday davom etsa, Fahriye keyingi safar qahvani Neslihanning yuziga sepib yuborishdan ham qaytmasligiga ishongan. Shuning uchun Nihan va Kemal sahnalarini alohida-alohida suratga olib, montajning ajoyib mo‘jizalaridan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Neslihan esa Burak bilan munosabatlarini to‘xtatgan, ular bugungi kunda bir-birini ko‘rsa ham gaplashmaydi.
Nurgul Yeshilchay va Yerkan Petekkaya
“Parchalangan yuraklar” serialida Nurgul Yeshilchay va Yerkan Petekkaya bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan bosh qahramonlarni o‘ynagan. Biroq hayotda ular orasidagi munosabat tamoman buning aksi bo‘lgan va hattoki bir-birlaridan nafratlangan. Vaziyat shu darajaga yetganki, Nurgul karyerasiga ta’sir qilishidan ham qo‘rqmay, loyiha yakuniga yetmasdan tark etdi. Sababi Yerkan bilan ortiqcha bir daqiqa ham ishlamaslik edi. Ularning mojarosi qanday bo‘lgani hozircha noma’lum, biroq Yerkan Petekkaya aktrisani intervyuda haqorat qilgani uchun sudga ham bergan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi