Jahon
Qozog‘iston prezidenti yil boshidagi namoyishlar paytida nega mamlakatni tashlab qochmagan?
Qozog‘istonda yanvar voqealari boshlanganida prezident Qosim-Jomart To‘qayevga mamlakatni tark etish taklif qilingan. Bu haqida o‘sha paytda davlat rahbari maʻmuriyatiga rahbarlik qilgan Erlan Koshanov YouTube ning Nortoy Orolbo‘yi kanali olgan intervyuda gapirib berdi.
“– Unga mamlakatni tark etib, xavfsizroq joyga borishni kim taklif qilganini aniq bilmayman. Biz shunday bo‘lganini bilamiz, lekin uni aynan kim taklif qilganini bilmayman”, – deydi u.
Shuningdek, sobiq amaldorning qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbari kabinetiga Davlat qo’riqlash xizmati xodimi kirib kelib, qarorgoh (Oqo‘rda) ga ehtimoliy hujum uyushtirilishi mumkinligi sababli, xavfsiz joyga ko‘chish zarurligini aytganiga shaxsan guvoh bo‘lgan.
“– Ko'z oldimda sodir bo‘lgan voqeani aytib beraman. Olma-ota va viloyatlarda tartibsizliklar boshlaganida men Prezident idorasida edim, bir xavfsizlik xodimi kirib kelib: “– Janob Prezident, Oqo'rdaga hujum uyushtirish ehtimoli bor, Sizni xavfsiz joyga olib borishimiz kerak”, – dedi. Prezident esa qatʻiylik bilan javob berdi: “– Hech qayoqqa bormayman, nima bo‘lsa ham shu yerdan ko‘raman”, – deb javob berdi”.
Koshanovning aytishicha, yanvar oyi boshida Prezident maʻmuriyati kuchaytirilgan rejimda ishlagan, Q. To‘qayev 10 kun Oqo‘rdadan chiqmagan, har 3 soatda davlat rahbari boshchiligida shtab ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning dastlabki kunlarida Qozog‘iston Respublikasida ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkaziladi: mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi; u yerda talonchilik boshlandi, namoyishchilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, harbiy tashkilotlardan qurol-yarog‘larni olib ketishdi. Bunga javobanesa rasmiylar 19-yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat eʻlon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi.
BMT maʻlumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar chog‘ida 1 000 ga yaqin odam jarohatlangan. Keyinchalik tartibsizliklar natijasida 4 578 kishi jarohatlangan, 225 kishi (19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari) halok bo‘lganligini respublika Bosh prokuraturasi ma’lum qilgan.
Xronologiya
5-yanvar kuni ertalab Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jomart To’qayev hukumatni isteʻfoga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o‘zini rahbar etib tayinladi. O‘z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishida To‘qayev Qozog‘istondagi vaziyatni “davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi” deb baholadi va “terrorchilik tahdidini yengishda” KXShT dan yordam so‘raganini aytdi. KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.
7-yanvar kuni prezident terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko‘rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo‘q qilishga vaʻda berdi. Bundan tashqari u fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini taʻkidladi.
13-yanvar kuni KXShT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani eʻlon qilindi. 19-yanvar kuni Qozog’iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ochiqladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi