Mashhurlar

Mitti vayner Erali necha yoshda? – video

photo 804

Loading

Shuningdek, u $2 000 lik kostyum tiktirgani haqida gapirib bergan.

Bloger Erali YouTube dagi “Yashin TV” loyihasida bergan intervyusida haqidagi savollarga javob berdi.

“Yoshini oʻzi bilmaydi. Buning hujjatlari menda turadi. Hammaga yolgʻon gapiraverib, oʻzining esidan ham chiqib ketgan. Buning haqiqiy yoshini faqat men bilaman, boshqa hech kim bilmaydi”, – deydi Eralining prodyuseri Shuhrat Ochilov.

Shuningdek, uning prodyuseri unga yaxshi gapirsa va oʻz holiga qoʻysa, yaxshi ijod qilishi va barcha ishlarni aʼlo darajada bajarishini aytgan.

photo 02 272

“Surxondaryodan Toshkentga kelganidan beri men bilan ishlaydi va bunga 1 yil boʻldi. Buni men “zvezda” qilib yuborganman. Birovdan bekitadigan joyimiz yoʻq. Birinchi kelgan vaqti ahvoli juda ogʻir yedi. Kiyimlari, koʻrinishi, umumiy ahvoli koʻrimli emas edi. Hammasiga sekin-sekin koʻniktirib borganmiz va koʻplab joylarga olib borganimizda u bilan hech kimni koʻrishgisi kelmagan. Chunki kiyimiga qarab eʼtibor berishardi. Keyin buni 2 kun “Samarqand Darvoza”, “Chorsu”, “Oloy bozor”, “Poytaxt” savdo markazlariga olib borib, har yoqdan kiyim yigʻganmiz. Bunga razmerni topish juda qiyin boʻlgan. Har bir doʻkonga kamida 5 martadan kirib, kiyim qidirganmiz. Chunki bunga 5 yoshli bolalarning kiyimi boʻladi-da. Hozir esa maxsus kiyimlar “zakaz” qilib tiktiryapmiz. Yaqinda tiktirgan kostyumining narxi $2000”, – deydi Shuhrat Ochilov.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.