Jahon

Qirg‘izistonda Kampirobod suv omborining O‘zbekistonga o‘tishiga qarshi chiqqan 22 nafar siyosatchilar hibsga olindi

photo 827

Loading

Оoriy yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv shartlari ma’lum qilingandi. Unda Kampirobod (Andijon) suv ombori suvlari hududi – 4485 ga yer O‘zbekistonniki bo‘lib qolishi, biroq uni ikki davlat birgalikda boshqarishi belgilangandi.

Bugun esa Qirg‘izistonda soyosatchilar va aholi bunga qarshi chiqmoqda. Ma’lum qilinishicha, suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 22 nafar faol va muxolifatchi siyosatchilar hibsga olindi, – deya xabar bermoqda Deutsche Welle (DW).

Ular orasida parlament sobiq deputati Asiya Sasiqbayeva, Konstitusiyaviy sudning sobiq a’zosi Klara Sooronqulova, MSK sobiq a’zosi Gulnora Jo‘raboyeva, sobiq deputat Kubanichbek Qodirov, Qirg‘izistonning Malayziyadagi sobiq elchisi Azimbek Beknazarov, shuningdek, mamlakat maxsus xizmatlarining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebayev bor.

Qayd etilishicha, siyosatchilar va faollarga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining «Ommaviy tartibsizliklar» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston davlatiga vaqtincha rahbarlik qilgan, parlamentining sobiq spikeri Kanat Isayev ham ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib, bir oy muddatga tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, shu kunlarda Qirg’izistonda aholidan elektr energiyasini tejash so’ralmoqda.

Manba: UzReport axborot agentligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.