Jahon
“Red Bull” asoschisi, milliarder Ditrix Mateshits vafot etdi
Red Bull energetik ichimliklar kompaniyasi asoschisi va “Formula 1” kompaniyasining shu nomdagi jamoasi egasi, avstriyalik milliarder Ditrix Mateshits 78 yoshida vafot etdi.
Ditrix Mateshits va tailandlik investor Chaleo Yuvidya 1982-yilda Red Bull kompaniyasiga asos solgan. Mateshits ichimlik formulasi ustida bir necha yil ishlagan, 1987-yilda mahsulot Avstriyada sotila boshlagan. 2021-yilda kompaniya dunyoning 172 mamlakatida qariyb 10 000 000 000 qadoqda ichimlik sotgan.
Kompaniya rivojlanishi bilan Mateshits sportga, ayniqsa, avtopoyga va ekstremal sportga sarmoyalarni sezilarli darajada oshirdi. 2004-yilda Mateshits Ford kompaniyasidan Jaguar poyga jamoasini sotib oldi va uning asosida Red Bull Racing’ni yaratdi, bu poyga jamoasi 2010–2013-yillarda “Formula 1” konstruktorlari chempionatida to‘rt marta g‘olib chiqdi, uning poygachisi Sebastyan Fettel esa to‘rt marta chempion bo‘ldi. Shuningdek, Red Bull turli mamlakatlardagi futbol va xokkey jamoalariga ega.
“Forbes” nashri Ditrix Mateshitsning boyligini $20 000 000 000 dan ortiq deb baholagan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi