Jahon
Qozog‘iston poytaxti Ostona eng ko‘p nomi o‘zgargan shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Qozog‘iston poytaxti Ostona eng ko‘p nomi o’zgargan shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, – deb yozadi “The Economist” nashri.
Jurnalda “Tasavvur qiling-a, qaysi shahar eng ko‘p nom o‘zgarishi bo‘yicha rekordchi?” nomli maqola e’lon qilinib, Ostonaning 60 yil ichida 5 marta nomi o‘zgartirilgani qayd etib o’tildi.
Aytilishicha, shahar allaqachon nomini o‘zgartirish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan, 17-sentabrda esa avvalgi nomini qaytarib olgan va bu o‘z navbatida rekordni yangilagan.
Ginnesning rekordlar kitobi web-saytining o‘zida Ostona 1997-yilda Qozog‘iston poytaxtiga aylangani, lekin dastlab Oqmola deb nomlangani aytiladi.
1961-yildan 1991-yilgacha shahar Selinograd nomi bilan tanilgan. 1961-yilgacha Akmolinsk deb atalgan. Oqmola nomi esa 1991-yilda Qozog‘iston mustaqillikka erishganida shahar nomi sifatida qabul qilingan.
Keyinchalik, 1998-yilda shahar Ostona, 2019-yilda Nur-Sulton deb o‘zgartirildi. 2022-yil sentabrida Prezident Qosim-Jomart To’qayevning farmoni bilan shahar avvalgi nomi – Ostonaga qaytarildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi