Buxoro yangiliklari
Rabotiqalmoqlik o‘gufuro‘sh
Buxoro tumanida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, shahar va tuman ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda, viloyat hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, egallash, tayyorlash, olish, saqlash hamda boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni o‘tkazish, iste’mol qilishga jalb etish, ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoiy hatti-harakatlarga qarshi keskin kurashish borasida keng ko‘lamli maxsus tezkor hamda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro tumanida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda, 2021-yil 7-yanvar kuni soat 16:35 lar chamasi, Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasi Zarafshon bog‘dorchilik xo‘jaligi xududida joylashgan 17-sonli jamoatchilik nazorati maskani oldidan o‘tib ketayotgan fuqaro R.T . boshqaruvida bo‘lgan oq rangli, «Kobalt» rusumli avtomashina tuman Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimi va Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatilib, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining tanishi Romitan tumani Toshrabot mahallasida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan yakka tartibda ishlovchi fuqaro R. Z. ning yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, R. Z.ning egnidagi qora rangli sport shimi chap yon cho‘ntagidan 3 dona «Spichki» yozuvli gugurt qutilarga alohida qadoqlangan, Buxoro viloyati IIB Ekspert Kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra sof vazni 7,36 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘p miqdordagi “Marixuanna” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Gumon qilinuvchi R. Z. bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv hamda tezkor surishtiruv harakatlari mobaynida, u yashash xonadonidan yana 10 dona gugurt qutiga alohida qadoqlangan, viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra sof vazni 35.37 gramga teng bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasini o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda
Manba
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi