Buxoro yangiliklari
Jirkanch jinoyat
Buxorolik ayol mo‘maygina pul uchun jinoyatga qo‘l urdi.
2020-yilning dekabr oyida 22 yoshli Maftuna R. Buxoro shahrida joylashgan kafelardan birida ofisiant bo‘lib ishlab yurgan vaqtida ushbu kafega mijoz sifatida kelgan fuqaro Fozila E. bilan tanishib qolib, suhbat davomida unga, homilador ekanligini, to‘rt oylik homilasi borligi va moddiy jihatdan qiynalayotganligi, kelgusida ham ushbu tug‘ilajak farzandini moddiy tomondan ta’minlay olmasligini, farzandini dunyoga keltirgandan so‘ng sotish niyati borligini ma’lum qilgan hamda Fozila E. ga to‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50 000 000 so‘m evaziga sotishni taklif qilib, oldindan avans tariqasida Fozila E. dan 25 000 000 so‘m pullarni so‘ragan.
Joriy yilning 6-yanvar kuni soat 19:00 da Buxoro shahar A. Jomiy ko‘chasida joylashgan “Al-Pari” restorani oldida Maftuna R. fuqaro Fozila E. dan 20 000 000 so‘m va $500 miqdoridagi pullarni olgan vaqtida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Maftuna R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 135-moddasi 1-qismi (odam savdosiga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Maftuna R. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi