Buxoro yangiliklari
Gʻijduvonda yaroqsiz yogʻ mahsulotlarini ishlab chiqargan fuqaro qoʻlga olindi
Kuni kecha IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumanining «Boʻktaroy» mahallasida yashovchi fuqaro “Sultan Star” MChJ rahbari sifatida faoliyat yuritib, tumanning Bobog‘ozi qishlog‘ida joylashgan omborxona binosida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexini tashkil etgan holda noqonuniy faoliyat olib borayotganligi aniqlandi.
Amaldagi qonunchilikka zid ravishda, ekstraksiya bo‘limini tashkil qilmasdan, Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan juvoz uskunasidan foydalanib, isteʼmolchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chigitdan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelingan mazkur korxona sexidan 40 litr paxta yog‘i, 520 kg texnik chigit mahsulotlari, 310 kg kunjara va 2 komplekt Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan chigitni qayta ishlash uskunasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi