Jahon
Xitoy va Tayvan urushi yaqinmi?
Xitoy siyosati bilan tanish boʻlgan ekspertga koʻra, soʻnggi 6 yil ichida Pekin Tayvanning koʻplab fakslarni javobsiz qoldirgan. Shu jumladan, joriy yilning avgust oyida qamoqqa olingan taybeylik haqidagi soʻrovlarga ham.
Xitoy Tayvan bilan rasmiy aloqalarni orollik saylovchilar 2016-yilda Say Invenni Prezident etib saylaganidan keyin tugatgan. Sababi, Xitoy hukumati Tayvanni ayirmachi hudud deb hisoblaydi.
Bir necha oy avval AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvan oroliga tashrif buyurgan. Bu esa Xitoy va Tayvan oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Pekin oʻzining hududi deb hisoblaydigan yerga Amerikaning yuqori darajali mansabdori kelganidan gʻazablandi. Shundan soʻng, deyarli har kuni Xitoyning qiruvchi samolyotlari orol hududi yaqinida mashgʻulot oʻtamoqda. Bunga javoban Tayvan ham samolyotlarini jangovar shay holatga keltirmoqda. Ammo bu vaziyat yuzasidan ikki tomonning ham rasmiylari sukut saqlamoqda. Bunday jimlik yaqin kelajakda katta xavf tugʻdirishi mumkin.
Maʼlumot uchun, 2015-yilda Si Szinpin Tayvanning oʻsha vaqtdagi rahbari Ma Intszyu bilan uchrashgan edi. Ular oʻzaro iqtisodiy va savdo bitimlarni imzolashgan. Bu Pekin va Taybey oʻrtasidagi samimiy munosabatlarning oxirgi koʻrinishi boʻlgan.
Tayvanning amaldagi Prezidenti Say Inven Pekinga oʻzaro hurmat asosida teng huquqli muzokaralar oʻtkazishni taklif qilgan. Biroq, Xitoy buni rad etdi. Pekin Tayvanni Xitoyning bir boʻlagi deb hisoblaydi. Shu sababli, ular Tayvan bilan oʻzaro teng huquqli muhokamalar oʻtkazishni istamaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi