Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi “To‘qimachi” dehqon bozorida nega nazorat tadbiri oʻtkazildi?

photo 34 1

Loading

Buxoro shahridagi “To‘qimachi” dehqon bozorida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi matbuot xizmati.

Xususan, kuni kecha Buxoro shahrida joylashgan “To‘qimachi” dehqon bozorida FVB ning tegishli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhining oʻrganish ishlari olib borildi. Unda mutaxassislar tomonidan oziq-ovqatdan zaharlanish – botulizm kasalligining oldini boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan nazorat tadbiri olib borildi. Jumladan bozordagi doʻkonlardagi mahsulotlarning yaroqlik muddati, umumiy koʻrinishi va sifatini tekshirish amalga oshirildi.

Ishchi guruh shuningdek, mazkur hududdagi oshxona, goʻsht doʻkonlari hamda sut mahsulotlari, asal va shu kabi mahsulotlar savdosi amalga oshirilayotgan maxsus joylardagi sanitariya holatlari, undagi sifati tez buzilishi mumkin boʻlgan, maxsus saqlash haroratini talab qiladigan oziq-ovqat tovarlarini ham koʻzdan kechirib, bozor maʼmuriyati hamda doʻkon egalariga tegishli koʻrsatmalar berishdi.

Oʻrganish ishlari esa viloyatimiz miqyosidagi bozorlarda davom etmoqda. Bu haqida keyingi maqolalarimiz orqali xabardor qilamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.