Buxoro yangiliklari
IIB Buxoroda “paq-paqa” bilan bogʻliq 2 275 marta reyd oʻtkazdi
Aytish joizki, Buxoroda huquq-tartibot organlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish uchun amalga oshiriladigan kompleks tashkiliy-tahliliy va tezkor-profilaktik tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra, viloyat IIB boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda hududlarda reyd tadbirlarini oʻtkazmoqda.
Aniq raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, viloyatda pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish tadbirlariga jami 1 480 nafar huquq-tartibot organlari xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat 69 ta maxsus guruhlar tuzilib, viloyatning chegara hududlari, bozorlar, savdo markazlari, ko‘ngilochar joylar, taʼlim muassasalari va jamoat joylarida hamda ko‘chalarda 2 275 marotaba nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar davomida jami 26 ta holatda pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda sotish, saqlash hamda olib yurish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 129 394 dona, umumiy qiymati 27 000 000 so‘m miqdordagi pirotexnika vositalari hujjatlashtirilib olindi.
Bu boradagi tadbirlar bugungi kunda ham davom ettirilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi