Jahon
Turkmanistonning hayratingizga sabab boʻladigan qonunlari
Dunyoda davlatlar ko‘p, ularda g‘alati qonunlar ham talaygina. Bu safar qo‘shnimiz Turkmanistondagi qonunlarning eng g‘alatilari bilan tanishamiz.
Turkmanistonning fuqarosi poytaxt Ashxobodga mehmonga kelgan bo‘lsa, unda prezident saroyi oldidagi maydonga tashrif buyurishi kerak. Bu yangi qonun, chunki favvoralar bilan yodgorliklar majmuasi yaqindagina qurib bitkazilgan.
Turkmaniston bo‘ylab banknotalar va tangalarni oyoq ostiga bosish taqiqlanadi. Chunki ularda milliy qahramonlar tasvirlangan.
Mamlakatdagi barlarda va restoranlarda ayollar bir stakandan ko‘proq sharob ichishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchilar ko‘proq spirtli ichimliklar ayolni “axloqiy va jinsiy jihatdan egiluvchan” qilishini aniqladilar. Ushbu qonunning buzilishi katta miqdordagi moliyaviy jarimaga sabab bo‘ladi.
Poytaxt shahar Ashxobodda oq rangli mashinalardan boshqasi harakatlanishi taqiqlangan. Ushbu qonunni buzganlarga nisbatan javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, Ashxobodda davlat idoralari va tashkilotlarida ishlovchi ayollarga tirnoq o‘stirish va bo‘yash, kiprik ulash, sochlarini sariq va boshqa och ranglarga bo‘yash va tilla taqinchoqlar taqish taqiqlab qo‘yildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi