Jahon

Marsdan kelgan bola

photo 77

Loading

Volgogradlik Boris Qizil sayyorada yashagan(mi?)

21 yoshli Boris Kipriyanovich boshqalarni o‘zining o‘tmish hayoti to‘g‘risidagi xotiralarini eslayotganiga ishontiradi. U birinchi so‘zini 4 oyligida, yana bir necha oy o‘tgach, butun iborani to‘liq ayta oldi. Ikki yoshida bola o‘qiy boshladi va yoza olardi. Boris atrofdagilarni nafaqat o‘z qobiliyati, balki begona sivilizasiyalar va kosmik bilimlari bilan ham hayratga soldi. Erta bolalik davrida u ota-onasiga ilgari Marsda yashaganligi, sayyorada hayot borligi va katta falokatdan so‘ng omon qolib, o‘z atmosferasini yo‘qotganligi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Boris bolaligidanoq Quyosh tizimining tuzilishi va uzoq galaktikalarni tasvirlab berardi. Uch yoshidan boshlab yaqinlariga turli xil sayyoralar, sivilizasiyalar, Marsdagi hayot, boshqa planetadagi kemalar tuzilishi haqida so‘zlardi.

Borisning onasi Nadejda Aleksandrovna shunday deydi: “Hech kim unga o‘rgatgan emas, lekin u gap boshlar, siz esa faqat uni tinglashingiz kerak edi. U Marsni, planetalar tizimi va boshqa sivilizasiyalarni shunchalik ajoyib tavsiflab berardiki, biz ko‘zlarimizni katta ochib, hayratda bo‘lardik… Bola bularni barchasini qayerdan bilar ekan?”.

“Marsda hayot bor. Unda yadroviy falokat yuz berdi. Qizil sayyorada odam kam qolgan, ular yerosti shaharlarida yashamoqda” deydi Boris.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marsliklarning bo‘yi 7 metrdan yuqori va ular karbonat angidrid gazi bilan nafas oladilar.

“U yerdagi odamlarning yoshi 30-35 larda, qarilar umuman yo‘q”, deydi Qizil sayyoralik bola. Kipriyanovich Giza shahridagi buyuk Sfinks ochilganda Yerdagi hayot butunlay o‘zgarishini, ochilish mexanizmi esa Sfinksning qulog‘i ortida yashiringanligini ham qo‘shib qo‘ydi.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.