Buxoro yangiliklari

Bugun, 5-dekabr kuni jondorlik oila is gazidan zaharlanib vafot etgani rostmi?

photo 98 1

Loading

Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, bugun, 5-dekabr kuni soat 15:25 larda Jondor tumanidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Oxshix” qishlog‘ida yashovchi N. U. ning xonadonida yongʻin sodir bo‘lgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning natijasida kelib chiqqan is gazidan xonadon sohibi N. U. (36 yosh) va uning turmush o‘rtog‘i N. T. (34 yosh) hamda ularning 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari – N. O. (11 yosh), M. O. (7 yosh) va S. O. (2 yosh) lar o‘tkir zaharlanish oqibatida vafot etgan.

Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, N. U. va uning oila aʼzolari 4-dekabr kuni kechki payt qarindoshlarining nikoh toʻyi marosimiga borishgan va u yerda kech qaytishgan boʻlishlari mumkin.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 259-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.