Buxoro yangiliklari

76-sonli avtobusda birovning kisasidan o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga tushdi

photo 908

Loading

Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 08:30 lar atrofida nomaʼlum shaxs Buxoro shahridagi 76-sonli yo‘nalishli avtobus salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayolning cho‘ntagidan bahosi 2 500 000 so‘mlik “Redmi Note 8” rusumli telefonini yashirin ravishda o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi fuqaro holat yuzasidan IIB ga ariza bilan murojaat qilgan.

G‘ijduvon tumani, “Degrezon” mahallasida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi ayolning arizasida ko‘rsatilishicha, o‘grilik Buxoro shahrining Havzi-Nav ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakatlanib borayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlandi.

Buxoro IIB ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat bo‘yicha Buxoro shahri, Ko‘kcha ko‘chasida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan X. A. ismli fuqaro qo‘lga olingan.

Shuningdek, hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.