Buxoro yangiliklari

«Hududgaz Toshkent» filiali rahbari qamoqqa olingani aytilgan yigʻilishda Sardor Umurzakov «Buxoro viloyati HETK» AJ rahbarining uyidagi “svet” ni oʻchirishni buyurib, Buxoro SSB rahbariga jiddiy tanbeh berdi

photo 122 1

Loading

Gaz va elektr muammosi bo‘yicha qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlar qamoqqa olingan.

Bir necha soat oldin aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalari bo‘yicha Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni har doimgidek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov tanqidiy ruhda olib bordi.

Yigʻilishda, jumladan, qonunbuzilishga hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan soha rahbarlaridan ayrimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

Xususan, energiya resurslari bilan ta’minlash sohasida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev ayrim ma’lumotlarni aytib oʻtdi.

Maʼlum boʻlishicha, «Hududgazta’minot» AJ ning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan «Hududgaz Toshkent» filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Shuningdek, «Yangiyo‘l tumangaz» rahbari Umid To‘ychiyev va «Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

«– Agar boshqa hududlardagi mas’ullar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, ularga ham albatta xuddi shunday jinoiy ish qo‘zg‘atiladi», — dedi Sardor Umurzakov.


Ushbu yigʻilishdagi yana bir eʼtiborli jihat shundaki, ishonchli manbaning xabariga ko‘ra, «Romitan elektr tarmoqlari korxonasi» rahbari Xurshid Salomov nogironligi bor bolalar maktab–internatini tarmoqdan uzgani uchun hamda oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashmagani uchun «Buxoro viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbari Bahodir Hayotovning yashash xonadonini elektr tarmog‘idan uzishga topshiriq berilgan.

S. Umurzakov raisligidagi selektorda Buxoro viloyat SSB rahbari Askar Bahorovning ham jiddiy tanbeh eshitgani aytilmoqda

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.