Buxoro yangiliklari
Buxoroda gastronomik ko‘cha tashkil etilmoqda. Bu nimani anglatadi?
Ayni damda Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida “Street Food” gastronomik ko‘chasi tashkil etilmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, gastronomik ko‘chaning uzunligi 820 metr bo‘lib, mavjud xizmat va savdo shaxobchalari soni 36 ta, shundan 9 tasi umumiy ovqatlanish shaxobchalari hisoblanadi.
Kecha, 13-dekabr kuni “Bravo Lider” restorani ham o‘z faoliyatini boshladi. U milliy va yevropa taomlari tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 kishiga mo‘ljallangan. Loyiha ishga tushishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur obyektning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, halol sertifikatini olish borasida ham amaliy ishlar boshlangan.
Shuningdek, gastronomik ko‘chada yana 22 ta do‘kon va 50 ta ko‘chma savdo shaxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida 190 ta yangi ish o‘rni yaratilishini ham ta’minlaydi. Bu yerda qahvaxonalar, nonvoyxonalar va do‘konlar joylashishi rejalashtirilgan.
Bu ko‘cha nafaqat ovqatlanish yoki xaridlarni amalga oshirish nuqtasi bo‘ladi, balki turli madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladigan maskanga aylanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi