Buxoro yangiliklari
Viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev organ xodimlari bilan Buxoro shahridagi 13-maktab yonida nimani muhokama qilyapti?
Bugun, 17-dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida viloyat prokurori Mahmud Istamov, viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev va viloyat DSB rahbari Maqsud Mamatxanov Buxoro shahridagi 13-maktab oldida yig‘ilib, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlariga start berishdi.
Ushbu tadbirdada shuningdek, shahardagi mavjud 65 ta mahallar raislari va ulardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari qatnashishdi.
“– Buxoro viloyatida e’lon qilingan “Dolzarb 10 kunlik” doirasida mahallalarda fuqarolarning xonadonlari, ko‘cha va mahalla hududini obod qilish, sanitariya madaniyatini qaror toptirishda hamjihatlik, birdamlik muhitini yaratishga eʼtibor qaratish zarur”, – dedi viloyat hokimi yig‘ilganlar oldida.
Bugun zamon mahalla raisidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida ko‘tarib chiqishi lozimligini va aholini yillar davomida qiynab kelayotgan turli ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla qaraydigan sektor rahbari bilan ishlashi shartligi ta’kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng barcha mas’ullar ishga kirishdi.
Jumladan, gaz ta’minoti korxonasi tomonidan Buxoro shahri, 1-sektor hududidagi “Oybek” mahallasida 677 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3 100 nafar iste’molchiga tabiiy gazni bir me’yorda yetkazib berish maqsadida gaz ta’minoti xodimlari tomonidan mavjud gaz maromlash qurilmalaridagi muammolar bartaraf etildi. 2-sektordagi barcha gaz quvurlari, gaz maromlash qurilmalari ham tartibga keltirilib, bo‘yoqlash va qurilmalarning texnik holati qayta nazorat ishlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i esa mas’ullar bilan 13-maktab hovlisida qisqa muloqot qilib, 3-sektordagi mahallalarning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash, yo‘laklarni ta’mirlash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, yong‘in va texnika xavfsizligi choralarini ko‘rish, barcha obodonlashtirish ishlarini sifatli va muddatida amalga oshirish hamda bu ishlarni nazoratini tashkil qilish zarurligini aytdi. Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shuhrat Aliyev dastlab Buxoro shahrining “Olim Xo‘jayev” mahallasida o‘rganish ishlarini boshladi. MFY da daraxtlarga shakl berish, oqlash, uylarning tom va fasad qismlarini ta’mirlash bilan birga yo‘l, gaz, suv, elektr, aloqa ta’minoti, irrigatsiya tizimlaridagi muammolarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma berdi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahrining 3-sektoriga 16 ta mahalla – “G‘afur G‘ulom” MFY, “Xo‘ja G‘unjoriy” MFY, “Jo‘bor” MFY, “Muhammad Ashrafiy” MFY, “Fayzulla Xo‘jayev” MFY, “Shergiron” MFY, “Chorbaxossa” MFY, “Havzi Nav” MFY, “Yangiobod” MFY, “Piridastgir” MFY, “Shodlik” MFY, “Roziq Hamroyev” MFY, “Gulshan” MFY, “Varaxsha” MFY, “Olim Xo‘jayev” MFY, “Toshmaschit” MFY kiradi.
4-sektor rahbari, viloyat DSB boshlig‘i ishchi guruhi ham shahardagi “Ibn Sino” mahallasida maxsus texnika vositalarini jalb qilgan holda qarovsiz qoldirilgan yer maydonlarini obodonlashtirish, yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash ishlarini boshlab yubordi.
Xuddi shuningdek, Buxorodagi barcha mahallalarda “Dolzarb 10 kunlik” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi