Buxoro yangiliklari

Shofirkonda daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesgan fuqarolar jazolandi

photo 979

Loading

Tahririyatimizning Telegram guruhi orqali Shofirkon tumanidagi “Guliston” MFY raisi va hududning hokim yordamchisi boshchiligida bir necha yillik mevali daraxtlar noqonuniy kesilganligi bo‘yicha e’lon qilingan murojaatga Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi ramiy e’lon qildi.

Chunonvhi, tashkilotning tuman bo‘limi inspektorlari daraxtlarning noqoqnuniy kesilganligi aytilgan hududga borib, o‘rganish ishlari olib borishdi.

O‘rganishda Guliston mahallasida yashovchi 2 nafar fuqaro ichki yo‘lni asfaltlashtirish maqsadida o‘zboshimchalik bilan 2 tup tol daraxtini kesganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 000 000 so‘m jarima va 3 000 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Shuningdek, kesilgan daraxt o‘rniga fuqarolar o‘z hisobidan 70 tup (archa) daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.