Buxoro yangiliklari

Buxoroda qancha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan?

photo 148 1

Loading

Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman, shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2022-yilning 11 oyi davomida viloyatda 864 ta holatda 135,1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Bu haqida tashkilot axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p qonunbuzarliklar G‘ijduvon tumani (114), Olot tumani (95) va Buxoro tumanida (88) qayd etilgan. Noqonuniy egallab olingan yerlar hajmi bo‘yicha Buxoro tumani (54 gektar), Qorovulbozor tumani (24 gektar) va Olot tumani (13,75 gektar) «peshqadamlik» qilmoqda.

Shuningdek, Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 306 ta holatda yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, 1 722 ta holatda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, 15 ta holatda sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha choralarni ko‘rmaslik holati aniqlangan.

Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holatlar bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 215 ta holatda qonunbuzarlik ixtiyoriy bartaraf etilgan, 697 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizasi kiritilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.