Buxoro yangiliklari
“Olot” chegara bojxona postida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Hammamizga ma’lumki, hozirgi kunga kelib Buxoro viloyati hududidagi Xalqaro maqomdagi “Olot” chegara bojxona posti O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralarini birlashtirib turadi va ushbu bojxona kompleksi orqali Birlashgan Arab Amirliklari, Eron Islom Respublikasi, Xitoy va Turkiya davlatlaridan avtomobillar hamda yuk avtotransporti vositalari mamlakatimizga kirib keladi yoki tranzit tarzda o‘tib ketadi.
Ayni kunlarda “Olot” chegara bojxona posti infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 27 milliard so‘m mablag‘ evaziga obyektning yo‘l qoplamasi to‘liq temir-beton qoplamaga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlarini “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida topshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Prezidentimizning “Bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyatida “Olot” chegara bojxona posti bilan bir qatorda “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti hamda “Buxoro xalaqaro aeroporti” chegara bojxona postlarida ham qurilish ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi