Buxoro yangiliklari

Kogon mol bozorida fuqarolarni “uxlatib ketgan” uddaburon

photo 987

Loading

O‘zbek xalqi hamisha halol topgani ortidan umrguzaronlik qilib, ro‘zg‘or tebratib kelgan. Peshona teri bilan topilgan rizq esa albatta, tatiydi. Afsuski, oramizda shunday insonlar ham borki, tekin daromad qilish, harom luqma topib yashashni o‘ziga, go‘yoki, shior qilib olgandek. Lekin, “Birovning haqqi – tangrining o‘qi”, – deb xalqimiz behuda aytmagan.

Shunday tovlamachi, birovning molidan, haqqidan hazar qilmaydiganlar toifasiga biz fuqaro D. D. ni kiritsak bo‘ladi. Sababi, u fuqarolarning halol mehnati bilan topgan molini firibgarlik, aldov yo‘li bilan o‘zlashtirib yuborgan.

Kogon tumani “O‘ba-cho‘li” mahallasi, “Taraqqiyot” mahallasi va “Choloki” mahallasida yashovchi fuqarolardan ularning mulki bo‘lgan jami 7 bosh qoramollarni sotib olib, kelishilgan summani keyinroq berishini aytgan va bu bilan firibgarlikka qo‘l urib, mollarni sotgan. Pullarini esa o‘z ehtiyoji uchun ishlatib, mol egalarini aldab kelgan. Shunda ancha vaqt o‘tib, aldovlardan charchagan, xatosini kech bo‘lsa-da tushungan fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishgan.

Kuni kecha firibgarlik yo‘li bilan birovning haqqiga xiyonat qilgan D. D. ning jinoyat ishi Kogon tuman sudida ko‘rib chiqilib, qonuniy chora ko‘rildi. Jumladan, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismining “b” bandi bilan hamda Jinoyat Kodeksining 57-moddasini qo‘llab 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maqola Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudining raisi Qosim Xolov va Buxoro viloyat sudining bosh konsultanti Nurbek Rahimov hikoyasi asosida tayyorlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.