Buxoro yangiliklari

Kogon tumanida suv ta’minoti to‘xtatilmoqda

water

Loading

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Kogon tumanidagi ba’zi hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Buxoro suv taʼminot” MChJ.

Xususan, Kogon tumanidagi quyidagi hududlar iste’molchilari bugun, 21-dekabr kunidan boshlab, 23-dekabr soat 18:00 ga qadar suv ta’minotidan uzib qo‘yildi:

1. Kurjan qishlog‘i;
2. Kulolon qishlog‘i;
3. “Ko‘charzor” aholi punkti;
4. “Qozoqovul” aholi punkti;
5. “Qasri Orifon” aholi punkti;
6. “Sarayon” aholi punkti;

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni damda tumanning “Bahouddin Naqshband” mahallasi bo‘ylab o‘tuvchi yangi aylanma yo‘lda rekonstruksiya ishlari olib borilayotganligi tufayli, mazkur hududdagi diametri 1 000 mm li “Quymazor – Buxoro” bosh suv quvurini ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun suv ta’minoti korxonasi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.