Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda markazidagi savdo do‘konidan pul va telefon o‘g‘irlaganlar voyaga yetmagan o‘smirlar bo‘lib chiqdi

photo 1013

Loading

Joriy yilning 17-dekabr kunidan 18-dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs fuqaro A. D. ga tegishli bo‘lgan “Degrezon” mahallasi hududida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy tarzda kirib, u yerdan 15 100 000 so‘m naqd pullarni va bahosi 10 000 000 so‘m bo‘lgan 4 dona telefon apparatini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 25 100 000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanning Buktaroy mahallasida yashovchi 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar sodir qilganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslarning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida qo‘shimcha surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.