Buxoro yangiliklari

Qoraqalpog‘iston voqealariga gumonlanuvchilar saqlanayotgan Buxorodagi qamoqxonaga faollar tashrif buyurdi

photo 1016

Loading

Joriy yilning 23-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolari Feruza Eshmatova boshchiligida Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida hibsxonadagi shart-sharoitlar, isitish tizimi va oziq-ovqat ta’minoti o‘rganildi.

photo 02 324

Shuningdek mustaqil komissiya a’zolari ushbu Tergov hibsxonasida saqlanayotgan A. Turdanov, N. Nayimov, A. Nuratdinov, B. Kadirbergenov, B. Seytnazarov hamda L. Kallixanovalar bilan uchrashdi.

photo 04 143

Uchrashuv davomida ular saqlash shart-sharoitlaridan hech qanday e’tirozlari yo‘qligini, ta’minotlari yaxshiligini, shu bilan bir qatorda sud jarayoni ham qonuniy tarzda o‘tkazilayotganligini ma’lum qilishgan, – deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili web-sayti.

photo 03 222
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.