Islom

Dasturxonda qolgan non shaytonning nasibasimi?

photo 1029

Loading

Savol: Qaynonam “Dasturxonda duo qilayotganda non qolib ketmasin. Aks holda, u nonni yemaslik kerak. Qolgan non shaytonning rizqi bo‘ladi. Uni itga berish kerak”, – deb aytdi. Shu gap rostmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqat yeyayotgan vaqtda yerga tushib ketgan ushoq yoki ovqat bo‘laklarini terib olib, tozalab yeyishga buyurganlar. Bu haqda Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangizning luqmasi (yerga) tushib ketsa, uni olib, (yopishgan) zararli narsalarni ketkazib, yesin. Uni shayton uchun tark qilmasin. Barmoqlarini yalamaguncha qo‘lini sochiqqa artmasin. Chunki u baraka taomning qayerida ekanini bilmaydi”, – dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ushbu hadisdan Alloh taolo bergan rizqning qadriga yetmaslik shaytoniy amal ekani, to‘kilgan taomni yerdan olib, tozalab yeyish rizqning qadriga yetish, insonlardan qolgan taomlar shayton va jinlar uchun taom qilib berilgani ma’lum bo‘ladi. Bu duo qilinganidan keyin dasturxonda qolgan nonlarni yemaslik kerak, bu shaytonni nasibasi bo‘ladi degani emas, aksincha ularni avaylab olib qo‘yish, ushoqlarini esa terib yeyish lozimligini ifoda qiladi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.