Jahon
Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi o‘quvchilar joriy yilgi anomal sovuqda qanday ta‘lim olishadi?
Ayni paytda qo‘shni mamlakatlardagi o‘quvchilar uchun qishki ta’til vaqti hali tugagani yo‘q.
Masalan, Tojikistonda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 16-yanvargacha uzaytirilgan. “Xovar” axborot agentligining mamlakat ta‘lim va fan vazirligi matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vaziri joriy yil 10-yanvar kuni “Maktabgacha va umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining qishki ta’tilini uzaytirish haqida” gi buyrug‘ini chiqargan. Shunga asosan, barcha maktablarda o‘quvchilarning qishki ta’tili 16-yanvargacha uzaytirildi. Xabarda taʼkidlanishicha, ta’til vaqtida qoldirilgan darslar 2022/2023-o‘quv yilining II yarmi uchun tasdiqlangan alohida qo‘shimcha mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha bahorgi va yozgi ta’til kunlari hisobidan qoplanadi. Avvalroq, ushbu respublikada ham 10-yanvardan 15-yanvargacha harorat —15°C dan —20°C (ayrim hududlarda –24°C) gacha sovib ketishi ma’lum qilingan.
Qozog‘istonning ham ko‘plab hududlarida maktablarda darslar onlayn formatga o‘tkazildi. “Kazinform” agentligining yozishicha, 11-yanvardan Sharqiy-Qozog‘iston viloyatining ayrim shaharlarida 4-sinfgacha, boshqa shaharlarida 9-sinfgacha mashg‘ulotlar bekor qilingan. Pavlodarda ham mashg‘ulotlar masofaviy shaklda olib borilmoqda. Viloyat markazida havo harorati —29°C gacha qayd etilmoqda. Shuningdek, Abay, Atirou, Aktyube viloyatlarida mashg‘ulotlar onlayn formatga o‘tkazilgan. Poytaxt Ostanada ham maktab o‘quvchilari hamda kollej talabalari masofaviy taʼlim shakliga o‘tkazilgan.
Qirg‘izistonda ham bahorgi ta‘tillar qishki ta’til uzaytirilgani sababli qisqa bo‘ladi. Bu yerda qahraton sovuq sababli, bahorgi ta’tillar qisqaradigan bo‘ldi, – deb xabar tarqatdi Qirg‘iziston ta’lim vazirligi. Shuningdek, 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan o‘quv rejasiga o‘zgartirish va to‘ldirilish kiritildi. Ya’ni, qishki ta’til 2022-yilning 30-dekabrdan 2023-yilning 15-yanvariga qadar uzaytirildi, bahorgisi esa joriy yilning 22-martidan 26-martigacha bo‘lib, mashg‘ulotlar 2023-yil 27-martdan boshlanadi. Maktabgacha taʼlim muassasalariesa sanitar-epidemiologik nazorat tashkilotlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlaydi, – deyiladi “Kabar” axborot agentligi tarqatgan xabarda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi