Jahon
Amerika prezidenti Jo Bayden 10 yilga qamalishi mumkin
Respublikachilar partiyasi kongressmenlari Jo Baydenga aloqador bo‘lgan tahlil markazida maxfiy hujjatlar topilganidan keyin AQSh prezidentiga qarshi tergov tashkil qilish talabi bilan chiqishmoqda. Bu haqda kongressmen Pol Gosar ma’lum qildi, – deya yozmoqda RIA axborot agentligi.
“Jo Bayden vitse-prezident bo‘lganida maxfiy hujjatlarni o‘g‘irlagan va ularni o‘z kabinetida yashirgan… Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunlariga ko‘ra, maxfiy hujjatlarni bunday ehtiyotsizlik bilan saqlash jinoyat hisoblanib, 10 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi”, – deyiladi xabarda.
AQSh kongresis vakillari adolatga erishib, Baydenni jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish niyatida.
Yozishlaricha, Baydenning ofisidan topilgan maxfiy hujjatlar haqidagi ma’lumot joriy yilning 11-yanvar kuni paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng ular milliy arxivga topshirilgan. AQSh Adliya vazirligi esa ularning prezident idorasiga tushib qolgani holatini tekshirishni boshlagan. Amerika yetakchisining o‘zi esa hujjatlar va ularning mazmuni haqida bilmasligini aytdi.
Bu voqeadan biroz o‘tib, prezident yordamchilari Vashingtondagi prezident ofisidan tashqarida yana yangi maxfiy fayllarni topdilar. Hujjatlarning ikkinchi partiyasi aniq qayerdan topilgani hozircha aytilmayapti.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi