Buxoro yangiliklari
Samarqandlik firibgar
Shofirkon tumanida Telegram orqali firibgarlik qilgan Samarqandlik shaxsning kirdikorlari fosh etildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan internet tarmog‘i orqali fuqarolarning aldanib qolish holatlari, xususan, telegram va boshqa internet tarmoqlari foydalanuvchilari tomonidan o‘zlariga noma’lum bo‘lgan shaxslar tomonidan tashkil etilayotgan turli elektron savdolar, virtual yutuqli o‘yinlarda ishtirok etishlari, shaxsiy plastik kartalarining maxfiy kodlarini noma’lum shaxslarga ma’lum qilishlari yoki kartadan kartaga pul o‘tkazib berishlari oqibatida o‘z mablag‘laridan bir zumda ajralib qolayotganliklari haqida ogohlikka chorlovchi bir qator materiallar e’lon qilingan bo‘lsada, biroq, ayrim fuqarolarimiz bilib-bilmay bundaylarning “qurboni”ga aylanishlari hali-hanuz kuzatilmoqda.
Jumladan, 2020-yilning dekabr oyida Shofirkon tumani Shibirg‘on mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan S. T. tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, o‘z murojaatida noma’lum shaxs, Telegram’dagi “Xorazm broyler” va “broiler uz” kanallaridan unga o‘zini “Saxovat” nomli korxona direktori Alisher deb tanishtirib, 70 000 000 so‘m evaziga 6 oy muddatga kredit sifatida 3 000 dona “ROSS-308” nomli broyler jo‘jalarini 1 oyga yetadigan oziq ovqatlari va yem idishlari bilan birgalikda yetkazib berishini hamda dastlabki to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, mahsulotlarni 4 kun muddat ichida uyigacha yetkazib berilishini va’da berib, uning ishonchga kirgan.
Alisherning gaplariga ishongan S.T . 2020-yilning 4-sentabr kuni 2 500 000 so‘m va 2020-yilning 7-sentabr kuni 4 500 000 so‘m miqdordagi pullarni Sh. I. ismli shaxs nomiga rasmiylashtirilgan hisob raqamiga o‘tkazib bergan.
Ammo noma’lum shaxs uning jami 7 000 000 so‘m miqdoridagi pullarini firibgarnlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, va’da qilingan mahsulotlarni keltirib bermasdan aldab kelayotganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan yakka tartibda ishlovchi Sh. I. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan Sh. I. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan yutuqli o‘yinlar, turli xildagi aksiyalar, elektron savdolar va shunga o‘xshash bir qator firibgarlik va o‘g‘rilik holatlariga duchor bo‘lmasliklari uchun o‘zlarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan plastik kartalari raqamlarini oshkor qilmasliklari, birovga rasmga tushirib bermasliklari yoki og‘zaki tarzda ma’lum qilmasliklari, o‘zlariga notanish shaxslarning plastik kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasliklarini so‘rab qolar edik.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va yaqinlaringizga tegishli plastik karta raqamlarini (20 talik va 5 talik yashirin kodlarni) aslo notanish shaxslarga ayta ko‘rmang! Yoki elektron savdolarda ishtirok etib, o‘zingizga notanish shaxslarning bank plastik kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmang. Aks holda pullaringizdan ajralib qolasiz!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi