Islom

Yaxshi rafiqa qanday bo‘ladi?

photo 1111

Loading

Hakimdan so‘radilar: Eng yaxshi xotin qanday bo‘ladi?

U javob berdi:

1. Robbisini rozi qiladigan;
2. Eriga bo‘ysunadigan;
3. Uyidan chiqmaydigan;
4. Besh vaqt namozini o‘qiydigan;
5. Sirini tashqariga chiqarmaydigan;
6. Kavushi ko‘rinmaydigan;
7. Ovozi eshitilmaydigan;
8. Vasfi bilinmaydigan;
9. O‘z qavmida izzatda;
10. O‘z nafsida zillatda (kamsuqum);
11. Go‘dagiga mehribon enaga;
12. Uyi jannat;
13. Eridan yaxshilik ko‘rsa, tashakkur aytadi;
14. Eridan yomonlik ko‘rsa, sabr qiladi;
15. Agar eri uning oldiga kirsa sevinadi va tabassum qiladi;
16. Agar eri uning oldidan chiqsa, mahzun bo‘ladi va sog‘inadi;
17. Agar eri undan g‘azablansa, bosiqlik va halimlik qiladi;
18. Agar u eriga boqsa, ajablantiradi;
19. Agar erining aybini ko‘rsa, yashiradi;
20. Agar eri undan uzr so‘rasa, uzrini qabul qiladi;
21. Agar eri g‘oyib bo‘lsa, uning molini, obro‘sini va o‘zining iffatini saqlaydi.

Allohim, musulmonlarning ayollarini solihalardan qilgin!

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.