Islom

3 amalning savobi cheksizligidan Qiyomat kuni taroziga qo‘yilmaydi

photo 1151

Loading

Ushbu 3 amalning savobi cheksizligidan Qiyomat kuni taroziga qo‘yilmaydi:

1. Insonlarni afv etish.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir” (Sho‘ro surasi, 40-oyat).

2. Sabr.
Alloh taolo marhamat qiladi: “Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to‘liq berilur” (Zumar surasi, 10-oyat).

3. Ro‘za.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: Alloh taolo hadisi qudsiyda bunday degan: “Odam bolasining qilgan hamma amali o‘ziga, faqat ro‘za Menga. Uning savobini O‘zim beraman” (Imom Buxoriy rivoyati).

Qiyomat kunida “Savobi Allohning zimmasida qolganlar qanisizlar?”, – deb jar solinadi. Shunda ro‘za tutganlar, sabr qilganlar va odamlarni afv etganlar savoblarini olish uchun keladilar. Shunday ekan, ro‘za tuting, sabr qiling va odamlarni afv eting.

Manba: Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.