Jahon

Hindistonlik sigirni yuk mashinasida tashigani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

photo 232 1

Loading

Kuni kecha Hindistonning Gujarat shtati sudi sigirlarni o‘z yuk mashinasida noqonuniy olib yurgan shaxsni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Sudya Samir Vinodchandra Vyas hukmni eʼlon qilar ekan, sigirlarni soʻyish toʻxtatilgach, dunyodagi barcha muammolar hal boʻlishini aytdi, deb yozadi “Bar and Bench” nashri.

“– Yerga bir tomchi sigir qoni ham tushmaydigan kunda barcha muammolar hal boʻladi va yerning osoyishtaligi hukm suradi”, – deyiladi sud qarorida.

Shuningdek, sigir nafaqat hayvon, balki ona ham ekanligi taʼkidlangan.


Shu bilan birga, sudya sigirlar inson hayoti uchun juda koʻp foyda olib kelishini hamda koʻplab kasalliklarni oldini olishini ta’kidladi. Jumladan: “sigir go‘ngidan qurilgan uylar atom nurlanishidan himoya qila oladi, sigir siydigi ko‘plab davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga davo bo‘lib xizmat qiladi va agar sigirlar baxtsiz bo‘lib qolsa, bizning boyligimiz va mulkimiz yo‘qoladi”, – degan oʻz nutqida.

Aytib kerakki, sudlanayotgan Muhammad Amin 2020-yil avgust oyida 16 dan ortiq sigirlarni buzoqlar bilan birga to‘lib-toshgan yuk mashinasida noqonuniy olib yurgani uchun hibsga olingan. Aytilishicha, hayvonlar yuk mashinasida yotish, yeb-ichishga juda qiynalishgan.

Shu sababli Muhammad Amin 2017-yildagi Gujaratning “Hayvonlarni asrash toʻgʻrisida” gi qonun, 1960-yildagi “Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo’lishning oldini olish toʻgʻrisida” gi qonun, 1975-yildagi “Gujaratda hayvonlarni tashishni nazorat qilish toʻgʻrisida” gi farmoyish, 2015-yildagi “Gujaratdagi asosiy tovarlar va hayvonlarni nazorat qilish tʼgʻrisida” gi qonun, shuningdek, “Avtomobillar toʻgʻrisida” gi qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketgan haqida xabarlar tarqalgandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.