Jahon
Fuqarolarining har beshinchisi ochlikdan aziyat chekayotgan Afrika uchun 30 mlrd dollar ajratilmoqda
Afrika qitʼasini taraqqiyotini jadallashtirish boʻyicha hamkor davlatlar kelgusi 5 yil ichida mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 30 milliard dollar ajratishga va’da berdi. Bu haqda Afrika taraqqiyot banki prezidenti Akinvumi Adesina Diamniadioda Senegalda shu haftaning juma kuni nihoyasiga yetgan 3 kunlik “Feed Africa summit” natijalari boʻyicha soʻzlagan nutqida ma’lum qildi. Ushbu mablagʻning 10 milliard dollari mazkur bank tomonidan ajratiladi.
“Afrikani oziqlantirish: Oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligi” mavzusidagi sammitda Afrika yetakchilari, xususiy sektor investorlari va hamkor davlatlar vakillari ishtirok etishdi.
Muhokamada bugungi kunda importga juda bogʻliq boʻlgan Afrikada qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sektorini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Afrika taraqqiyot bankining ma’lumotlariga koʻra, dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan 828 million kishining 249 millioni Afrikada istiqomat qiladi. Bu qit’aning har beshinchi fuqarosi ochlikdan aziyat chekayotganini anglatadi.
Bundan avval BMT ning 5 ta agentligi qoʻshma bayonot bilan chiqib, yirik oziq-ovqat inqirozidan eng koʻp zarar koʻrgan 15 ta mamlakat bolalarini qutqarish uchun amaliy ishlarga daʼvat etgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi