O‘zbekiston

“O‘zbekiston 24” teleradiokanalini tanqid qilgan Mavjuda Mirzayeva Telegramdagi “Kompramatuzb” ga aloqadormi? Jurnalist hozir qayerda?

photo 1209

Loading

Bugun, 30-yanvar kuni sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva “Kompromatuzb ishi” doirasida hibsga olingani haqida Kun.uz nashri xabar berdi.

Ishonchli mabalarga ko‘ra, internetda O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalini tanqid qilgan hamda davlat telekanallarida hali ham senzura mavjudligini aytib, qattiq rezonans qilgan Mavjuda Mirzayeva ayni paytda DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda. Unga nisbatan 10 kunlik hibs bo‘yicha sud sanksiyasi ham bor.

M. Mirzayeva DXX hibsxonasida qolayotgani haqidagi ma’lumotni uning qizi Zarina Mirzayeva ham tasdiqlagan. U 2 kundan buyon onasi bilan ko‘risha olmagan.

Shuningdek, hozirda Human.uz sayti bosh muahhiri Muslim Mirzajonov va yana 4 nafar xodimi qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, ushbu ish doirasida davlat tashkilotining yana bir xodimi tergov qilinayotgani haqida xabar joyladi. Ammo keyinchalik ushbu xabardagi ism-familiyalarni olib tashladi.

Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, bosh muharriri Muslim Mirzajonov va boshqalar nashr ofisidan olib ketilgandi. Bu haqda batafsil quyidagi maqolada o‘qishingiz mumkin: https://buxoroisharif.uz/10893/

Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri va asoschisi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.