O‘zbekiston

Lolagul Qallixanova: “Tergovchi menga choy damlab berardi”… Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud hukm chiqardi

photo 1220

Loading

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 31-yanvar kuni Buxoro viloyat sudida Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha 22 ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi.

Mustaqil komissiya iltimosiga ko‘ra, Nukus voqealari bo‘yicha gumondorlar Azamat Nuratdinov, Axmet Smetullayev va Lolagul Kallixanovalar jazosi sud tomonidan yengillashtirilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi ozodlikni cheklashga o‘zgartirildi. Ular sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

Lolagul Qallixanova sud jarayonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“– Men jurnalistlardan, xalqaro maydondagi odamlardan, umuman hech kimdan qo‘rqmayman… Agar qamoqxonada menga tazyiq o‘tkazilganda yoki kuch ishlatilganda men buni aytgan bo‘lardim”, — dedi jurnalist Lolagul Qallixanova.

Uning aytishicha, tergov jarayonida choy ichgisi kelganda, tergovchi unga choy damlab bergan.

“– Tazyiq bo‘ladigan bo‘lsa, tergovda bo‘ladi. Lekin savodli va madaniyatli odamlar tergov qilishdi. Keyin qamoqxonada ko‘chada aytilayotgan ishlar bo‘lgani yo‘q», — deya ta’kidladi Lolagul Qallixanova.

Lolagul Kallixanova Jinoyat Kodeksi (JK) ning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Lekin, jurnalistga nisbatan JK ning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Video: https://t.me/repostbu/406.

“Qoraqalpog‘iston voqealari” bo‘yicha sud chiqargan to‘liq hukm va boshqa tafsilotlarni quyida batafsil o‘qishingiz mumkin: https://buxoroisharif.uz/11045/.

Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz bosh muharriri va asoschisi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.