Buxoro yangiliklari

Buxoroda piyodaga yo‘l bermay, inspektorning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunagan haydovchiga chora ko‘rildi

photo 1231

Loading

Kuni kecha Telegramdagi “UDDU channel” (O‘zbekiston yo‘l harakati ishtirokchilari) kanalida Buxoro tumani, “Rabotak” mahallasi hududidan o‘tuvchi M37 magistral yo‘lida “Gala Osiyo shahri – Buxoro shahri” yo‘nalishida harakatlanib kelgan Spark avtomashinasi (80 | D 506 TA) haydovchisi “peshexod” da yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani o‘tkazib yubormaganligi hamda YPX xodimining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmaganligi holati aks etgan video joylashtirildi.

Videoni to‘liq ko‘rish: https://t.me/repostbu/409.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Mazkur video Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, mashina boshqaruvvida 1995-yilda tug‘ilgan Z. A. ismli haydovchi bo‘lganligi aniqlandi. Unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Buxoro shahri va uning bir nechta tuman markazlaridagi yo‘llarda avtomobillarning ruxsat etilgan harakatlanish tezligi 60 km/s etib belgilandi.

O‘zingiz va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang! Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.