Mashhurlar
“Toshkentga oyim bilan avtobusning bir o‘rindig‘ida kelganmiz” – Feruza Jumaniyozova
Xonanda Feruza Jumaniyozova “Sevimli TV” telekanalining “Oʻzim” koʻrsqtuviga bergan intervyusida “zapret”ga tushgani, hayotidagi og‘ir damlar, ijodni boshlagan yillaridagi qiyinchiliklar va tuhmatlar haqida gapirib berdi. “Daryo” nashri muxbirlari ushbu suhbatning matnli koʻrinishini taqdim qilishdi.
“Ko‘p joylarga bordik, biroq bu savollarga javob topa olmadim”
2007-yilda “zapret”ga tushdim. “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert berayotgandim. Afishalar chiqqan, reklamalar berilgandi. Konsert to‘xtatildi, deb afishalarni olib tashlashgan. Kim to‘xtatyapti, nima sababdan qilyapti, bilmaganman. Birinchi stressni o‘shanda olganman. Oradan yetti yil o‘tsa-da, litsenziyadan darak bo‘lmadi, “zapret” ochilmadi. Ko‘p joylarga bordik, biroq bu savollarga javob topa olmadim. Ijodkorga “zapret” qo‘yib bo‘lmaydi, unga “zapret” qo‘yilsa, bo‘ldi, o‘ldi degani bo‘ladi.
Balki o‘sha siqilishdan semirib ketgandirman, chunki bu narsa miyamga, yuragimga o‘rnashib qoldi. Sahnaga chiqishim uchun ko‘p yillar kerak bo‘ldi. Muxlislar har safar meni ko‘rganida, qachon san’atga qaytasiz, deb so‘rardi. Men bunga javob topa olmas edim, chunki miyam bu savolga javob berishimga yo‘l bermas edi. O‘zim qatori chiqqan san’atkorlar konsert berayotganini televizorda ko‘rsam, ichim yonib ketardi, bu baxillik emas. Buni ijodkor bo‘lgan inson biladi. O‘sha paytda bolalik qilib qo‘ygan paytlarim bo‘lgan, afsus qildim, lekin afsus bilan hech narsani ortga qaytarib bo‘lmaydi.
“Farzandi bormi, turmush o‘rtog‘i bormi, o‘sha eng baxtli ayol”
Eng baxtli ayol — oilasi bilan birga yashagan, oilasini tutib qolgan ayol. Garchi puli bo‘lmasa ham, hashamatli uyi, mashinasi bo‘lmasin, mayli, farzandi bormi, turmush o‘rtog‘i bormi, o‘sha eng baxtli ayol.
“Qiyinchiliklar Toshkentga kelganimdan keyin boshlandi”
Haligacha esimda, Toshkentga oyim bilan avtobusning bir o‘rindig‘ida kelganmiz. Oyimning oldida harbiy xizmatdan kelgan askar o‘tirgan, shunda oyim undan: “Qizim sening oldingda o‘tirib tursa maylimi”, — deb so‘ragan.
Avtobusning ikkita o‘rindig‘idan joy sotib olishga pulimiz bo‘lmagan. Haligi bola xizmatdan charchab kelayotganini aytgan. Shunaqa qiyinchiliklardan o‘tganmiz.
Qiyinchiliklar Toshkentga kelganimdan keyin boshlandi. Onamga: “Qizing turmush o‘rtog‘im bilan yuribdi”, — deb tuhmat qilishgan. Bu onamga qattiq ta’sir qilgan. Har bir ona qanday farzandni boqayotganini o‘zi yaxshi biladi. Men unchalik farqiga bormaganman, chunki yosh bo‘lganman. Hozir o‘zim ona bo‘lib, onamdan o‘tgan narsalarni, qanday qiyin bo‘lganini o‘ylab o‘tiribman.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi