Islom

Kechasi bedor bo‘lish va uning fazilatlari

photo 16
Foto: Islam.Az

Loading

Alloh taolo marhamat qilib aytadi: “Ularning yonboshlari o‘rin-to‘shakka yetmaydi” (Sajda surasi, 16-oyat).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: “Kechalari qoim bo‘lingiz! Zero, kechasi turish sizlardan avvalgi solihlarning odatlaridan edi. U Parvardigoringizga yaqin qiladi. Yomonliklarning mag‘firat bo‘lishiga olib keladi va yaramasliklardan qaytaradi” (Imom Termiziy rivoyati).

Hasan Basriy aytadilar:
“– Kechasida turib o‘qilgan namozdan ham og‘irroq ibodatni bilmayman”.

Undan so‘rashdi:
“– Nima uchun kechasi turib tahajjud o‘quvchilarning yuzlari odamlar orasida eng go‘zalidir?”.

U zot javob berdilar:
“– Ular tunda Rahmon bilan yolg‘iz qolishadi va Alloh ularga O‘z nuridan in’om etadi”.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.