Buxoro yangiliklari

Buxoroda zamonaviy mehmonxonalar soni ko‘paymoqda

photo 61
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Yaqinda Buxoroda yangi – “Garden Plaza” mehmonxonasi ochildi.

Bu yerda yotoq xizmatidan tashqari zamonaviy 300 kishiga mo‘ljallangan 2 ta restoran, 60 kishiga mo‘ljallangan ochiq havodagi restoran, basseyn, sauna, konferensiya va muzokaralar zali, billiard, stol tennisi, trenajer zallari xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa viloyatimizga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi bilan ahamiyatlidir. Loyiha qiymati 25 mlrd so‘mga teng mehmonxonada 72 ta xona 150 ta o‘rin shuningdek, 50 nafar turizm sohasi kadrlari uchun yangi ish o‘rni yaratilgan.

photo 01 4

Shuningdek, Buxoroda “Mercure” brendi tarmog‘iga kiruvchi mehmonxona ham ishlab turibdi.

photo 02 12

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Mercure” brendi 60 mamlakatda 810 dan ortiq mehmonxonaga ega. Brend 110 ta mamlakatda 10 000 ta restoran va barga, 5 300 dan ortiq mehmonxonaga ega hamda turli xizmatlar, mukofotlar va tajribalardan foydalanish imkonini beruvchi sodiqlik dasturi — “Accor Live Limitless” loyihasi a’zosi bo‘lgan dunyodagi yetakchi mehmonxonalar guruhi — “Accor” tarkibiga kiradi.

Buxorodagi mazkur tarmoq mehmonxonasi ish boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.

Mehmonxona turli toifadagi 57 ta zamonaviy va keng xonalarda joylashtirishni taklif qilib, mehmonlarni qabul qilmoqda. Mehmonxonada turk va Yevropa taomlari, ko‘plab xizmatlarga ega spa markazi, shuningdek, uchrashuvlar va tadbirlar uchun konferensiya zallari mavjud.

photo 03 8
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.