Buxoro yangiliklari
Buxoroda harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qildi
Kuni kecha Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari ko‘hna Ark qo‘rg‘oni maydonida Ona vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildilar. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.
Qadimdan qirolliklar harbiy qo‘shinlarining saralangan imtiyozli qismi gvardiya atamasi ostida jarang sochgan. Ayni kunlarda esa demokratik davlatlarning Milliy gvardiyasi – har qanday vaziyatda o‘ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajara olish qobiliyatiga ega, jismonan baquvvat, ma’nan yetuk, professional tayyor harbiy xizmatchi va xodimlardan saralanadi.
Shu bois, Milliy gvardiya saflarida xizmatni o‘tash uchun ham yuqoridagi talablarga to‘la javob beradigan, zabardast yigitlar qabul qilinib, jangovor sinovlarda toblanadi hamda o‘z qasamyodiga sodiqligi bilan barcha kuch tuzilmalariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
2017-yilning 4-avgust kunida davlatimiz rahbarining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etildi. Shu bilan birga, 2020-yilning 18-noyabrida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida” gi Qonun imzolanib Milliy gvardiyaning faoliyati qonuniy mustahkamlandi.
Joriy yilning 15-aprel sanasida davlatimiz hamda xalqimiz ishonchini oqlashga ahd qilgan, askarlik libosini kiyib, boshlang‘ich harbiy hamda umumqo‘shin tayyorgarlik mashg‘ulotlarida armiya haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lgan, zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his eta oladigan ana shunday saralangan, mard va jasur o‘g‘lonlarimiz harbiy qasamyod qabul qildilar.
Tadbirda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati, Qo‘riqlash boshqarmasi, harbiy prokuratura, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi hamda navqiron yigitlarga qarata o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, askarlarga “Prezident sovg‘alari” ni taqdim etishdi.
Ta’kidlash joizki, oriyatni, g‘urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan xalqimiz uchun harbiy qasamyod — bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli hamda sharafli burchini ado etishga bel bog‘lab, ahdu paymon qilish marosimidir.
Ayni shu sababdan, Milliy gvardiya safida harbiy xizmatni boshlayotgan navqiron, har tomonlama barkamol yigitlarning “Men, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga harbiy xizmatga kirar ekanman, O‘zbekiston xalqi va Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, harbiy qasamyodga, Jangovar Bayrog‘ga sodiq qolishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini va xizmat burchimni so‘zsiz va vijdonan bajarishga, har qanday sharoitda xiyonat va sotqinlik qilmaslikka, jangovar shaylik uchun shaxsan javobgar bo‘lishga, mardlik va fidokorlik bilan o‘z hayotimni ayamasdan xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga qasamyod qilaman” deb tantanali yangragan jangovar ontlaridan tadbirga yig‘ilganlarning qalblari larzaga kelganligi, shubhasiz.
Shundan so‘ng harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, tadbirning yanada qizg‘in o‘tishiga sababchi bo‘lishdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi