Jahon

Xitoylik erkak lotereyada 365 kunlik pullik taʼtilni yutib oldi

photo 27
Foto: Douyin

Loading

Xitoydagi bir kompaniyada muhandis bo‘lib ishlovchi xodim shu tashkilot tomonidan uyushtirilgan lotereyada 365 kunlik haq to‘lanadigan taʼtilni yutib olganidan so‘ng butun mamlakatning hasadiga uchradi.

Taxminan bir haftadan beri Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalayotgan videoda yosh yigitning “365 kunlik haq to‘lanadigan taʼtil” deb yozilgan katta yozuvni ushlab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ko‘p o‘tmay bu kadrlar mamlakat axborot agentliklarining eʼtiborini tortdi va ular videoda ko‘rsatilgan joy va shu tariqa u yerda sodir bo‘lgan voqeani aniqlashga erishishdi. Maʼlum bo‘lishicha, bu voqea Shenjenda o‘tkazilgan yillik yig‘ilishda qayd etilgan bo‘lib, kompaniya rahbariyati xodimlarining zo‘riqishlarini quvnoq va jozibali lotereya sovrinlarini taklif qilish orqali yumshatishni xohlagan.

Nomi oshkor etilmagan kompaniyaning maʼmuriy xodimi Chen xonim jurnalistlarga uning ish beruvchisi COVID-19 pandemiyasi sababli uch yil davomida yillik yig‘ilishlar tashkil qilmaganini aytdi. Shuning uchun u xodimlarning yutuq yutishi mumkin bo‘lgan qiziqarli lotereya o‘tkazib, xodimlarning stressini yengillashtirishga qaror qildi. Masalan, tadbirda biror xodim “ hamkasblari uchun ofitsiant bo‘lib xizmat qilishi” yoki “maxsus uy ichimlik” ichishiga majburlash, shuningdek, qo‘shimcha dam olish yoki yana bir necha kunlik pullik taʼtilni o‘z ichiga olgan sovrinlar qo‘yish ko‘zda tutilgan.

G‘ayrioddiy mukofot ko‘plab xitoylik ishchilarni hayratda qoldirdi. Baʼzilar to‘liq yillik pullik taʼtilni yutib olishni faqat orzu qilishlari mumkinligi, boshqalari esa bu mukofot aslida yashirin tuzoq ekanini daʼvo qilishdi.

Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan xabarga kuniga millionlab munosabatlar bildirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.