Salomatlik
Baland poshnali tufli kiyganda, oyoq og‘rimasligi uchun 4 ta maslahat
Ko‘pchilik issiq mavsumda poshnali poyabzal kiyishni afzal ko‘radi. Biroq ba’zida bunday modellardan bosh tortamiz, chunki butun kunni poshnasi baland poyabzalda o‘tkazish imkonsiz ish kabi ko‘rinadi. “Daryo” nashri quyidagi tavsiyalar bilan baland poshnali oyoq kiyimlari istalgan vaqtda bemalol kiyishingiz mumkin.
Poshna balandligini diqqat bilan tanlang
Har tomonlama qulay poyabzal sotib olish juda muhim. Agar baland poshnalar sizning uslubingiz bo‘lmasa, unda poshnasi past modellarni qidiring. Bunday holda oddiy formula mos balandlikni hisoblashga yordam beradi: oyoq uzunligi 7 ga bo‘lish kerak.
Agar ingichka poshnali tufli kiymoqchi bo‘lsangiz, bunda ham matematika yordam beradi — tovonning optimal balandligi tovondan barmoq uchigacha bo‘lgan masofaga teng degan nazariya mavjud.
Antiperspirant ishlating
Agar oyoqlaringiz terlasa, poyabzalda sirpanishni boshlaydi. Shu sababli og‘irlik notekis taqsimlanadi va hatto eng qulay poyabzal ham oddiy kunni haqiqiy do‘zaxga aylantiradi. Antiperspirant og‘irlikni oyoqqa tog‘ri taqsimlash uchun yordam beradi.
Gelli yostiqchalardan foydalaning
Gelli yostiqcha antiperspirant bilan bir xil maqsadda xizmat qiladi. Ular nafaqat oyoqni qulay holatda mustahkamlaydi, balki baland poshnada yurganingizda eng ko‘p azob chekadigan old oyoqdagi yukni kamaytiradi. Ular, shuningdek, poyabzalning orqa tomoniga yopishtirilishi mumkin, bu, ayniqsa, tovoni ochiq poyabzallar uchun to‘g‘ri keladi.
Pedikyurga ahamiyat bering
Gap urfdagi zamonaviy ranglar haqida emas, balki to‘g‘ri shakl va o‘z vaqtida parvarish qilish haqida. Agar uchi yopiq poshnali poyabzal kiysangiz, tirnoqlaringizni o‘stirmang, shunda barmoqlarga bosim kamroq bo‘ladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi