Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi 15-IDUM da “remont” uchun ota-onalardan pul yig‘ilgani rostmi?
Kecha 28-apel kuni Telegramdagi “Potrebitel Buxara plyus” kanalida Buxoro shahridagi 15-IDUM haqida murojaat eʼlon qilindi. Unda maktabdagi sinflarning birining Telegram guruhidan olingan skrinshot ilova qilingan:
Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida ushbu maktab ma’muriyati tomonidan maktabni ta’mirlash uchun o‘qituvchilarga hech qanday topshiriq berilmaganligi, taklif ota-onalar tashabbusi bilan bir sinfdagi o‘quvchilarning ota-onalar Telegram guruhi orqali tarqatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuni alohida eslatib o‘tmoqchimizki, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Har bir maktab yil davomida tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag‘ oladi. Maktab o‘qituvchilari va rahbarlariga maktab ta’miri uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlangan. Faqatgina qonunchilikda ruxsat etilgan homiylik yordamlari berilishi mumkin.
Shuningdek, o‘qituvchi va ta’lim tizimida faoliyat olib borayotganlardan maktab ta’miri uchun, tadbirlar o‘tkazish yoki boshqa bahonalar bilan pul to‘plash, yoki ish haqlaridan mablag‘ ushlab qolinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi