Buxoro yangiliklari
Jondor tumanida dorixonani o‘margan shaxslar 41 va 43 yoshli qorako‘lliklar bo‘lib chiqdi
Joriy yilning 7-fevraldan 8-fevralga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs M. S. ismli ayolga tegishli bo‘lgan Jondor tumani, “Zarafshon” mahallasida joylashgan “Shabnam-Saida-Famili-Farm” nomli xususiy korxonaga qarashli dorixona orqa eshigini buzib kirgan. O‘g‘ri kassasidagi 50 000 so‘m, o‘sha yerdagi dorixona egasining sumkasi ichidan 2 800 000 so‘m va $100 hamda bahosi 7 000 000 so‘mlik “Acer” rusumli noutbukni olib, voqea joyidan yashiringan.
Tadbirkor M. S. arizasiga ko‘ra, tuman IIB tomonidan zudlik bilan mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atiladi. Olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlar o‘z samarasini beradi.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani, “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 41 yoshli X. S. va 43 yoshli R. M. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, sodir qilgan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi