O‘zbekiston

SSV tezkor xabari

photo 137

Loading

Ma’lumki, yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgan davrda qator yo‘nalishlarda karantin cheklovlari yumshatilgan edi. Biroq ayni paytga kelib, kasallikka chalinganlar sonining oshishi hisobiga aholi gavjum bo‘ladigan tadbirlarni biroz cheklashni sharoit taqozo qilmoqda.

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

– to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik nazoratni kuchaytirish va tashrif buyuruvchilar sonini 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish;

teatr, kino (kinoteatr) va konsert-tomosha dasturlarini tashkil etishda:

– tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qat’iy niqobda (maskada) bo‘lishlarini ta’minlash;

– tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmaslik;

– tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash;

– tomosha dasturlariga tashrif buyuruvchilarning tana xarorati nazoratini o‘rnatish hamda tana harorati ko‘tarilgan shaxslarni dasturga qo‘ymaslik;

– tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarda savdo shoxobchalari faoliyatini to‘xtatish (niqob va antiseptik vositalar savdosi bundan mustasno);

– tomosha dasturlari bo‘yicha tarqatilayotgan (sotilayotgan) chiptalarga “Faqat sog‘lom bo‘lsangizgina tashrif buyuring” yozuvini yozish orqali aholini ogohlikga chaqirish va boshqa tomoshabinlarga kasallik yuqib kolishining oldini olish choralarini ko‘rish;

– tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarning kirish qismida tomoshabinlarning binoga tartibli kirishlarini ta’minlash maqsadida maxsus lentalar yordamida bir qatorli kirish va chiqish yo‘laklarini o‘rnatish tartibi belgilandi.

Tomosha dasturlari o‘tkaziladigan saroylarda karantin qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyat tashkilotchilar zimmasiga yuklatiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.