Buxoro yangiliklari

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali faoliyatida o‘zgarish

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

RShTYIM Buxoro filiali rahbariyatining Buxoroisharif.uz internet saytiga bildirishicha, ayni damda shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘ladigan bemorlarga qat’iy ravishda 100% bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bularga, avto-avariya, badanga og‘ir shikast yetishi, qon bosimining me’yordan oshishi va shunga o‘xshash holatlarda fuqaro hayotiga xavf tug‘diradigan vaziyatlar kiradi.

Faqatgina shoshilinch tibbiy yordam zaruriyati yo‘q fuqarolar endilikda pullik xizmatdan foydalanishlari kerak.

Ushbu yangilik bu yerda o‘z vaqtida malakali va sifatli xizmat ko‘rsatilishi uchun yana bir turtki bo‘ladi. Shuningdek, ba’zi hollarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda mustahkam poydevor bo‘lishi ham shubhasizdir.

Demak, RShTYIM Buxoro filialida shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘ladigan bemorlarga qat’iy ravishda 100% bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu – o‘zgarishsiz qoladi!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.