O‘zbekiston
Buxoroda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi yakunlandi
Buxorodagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan ona tili va o‘zbek tili fanlari o‘qituvchilari orasida mazkur yo‘nalishda tanlov o‘tkazildi. Viloyat bosqichi 180 nafarga yaqin o‘qituvchilarni qamrab oldi.
Kecha, 15-oktabr kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning ijodiy ishlari ko‘rib chiqilib, belgilangan mezonlar asosida munosib baholandi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i F. Qurbonov ishtirok etib, tanlovning dolzarbligi va ahamiyati xususida alohida to‘xtaldi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ona tili yo‘nalishida
1-o‘rin: Nilufar Rustamova, Romitan tumanidagi 1-IDUM;
2-o‘rin: Gulmehra Barotova, Shofirkon tumanidagi 3-maktab;
3-o‘rin: Gulnora Husenova, Gʻijduvon tumanidagi 40-maktab o‘qituvchisi.
O‘zbek tili yo‘nalishida
1-o‘rin: Sarvinoz Daniyarova, Buxoro shahridagi 13-maktab;
2-o‘rin: Muqaddas Niyozova, Buxoro shahridagi 30-maktab;
3-o‘rin: Gulruh Murodova, Buxoro shahridagi 21-maktab.
Qayd etishimiz kerak-ki, ushbu tanlov innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, fanlarni o‘qitishda eng samarali metodlarni qo‘llash orqali o‘zbek tilining davlat tili va ona tili sifatidagi mavqeyini oshirish maqsadiga qaratildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi