Buxoro yangiliklari

Xorijiy turoperatorlar uchun Buxoro bo‘ylab infotur tashkil etildi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyati delegatsiyasining 2024–2025-yillarda Indoneziya, Malayziya va Singapur davlatlarida amalga oshirgan tashriflari chog‘ida ikki tomonlama erishilgan manfaatli kelishuvlar natijasida mazkur davlatlarning turoperatorlari uchun Buxoro viloyatiga maxsus infotur dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

Kelishuvlar natijasi o‘laroq, ayni damda Malayziya, Indoneziya va Singapur davlatlaridan tashrif buyurgan 20 nafar turoperatorlar Buxoroda bo‘lib turishibdi.

Tashrifning ilk kunida mehmonlar Buxoro temir yo‘l vokzalidan milliy kuy-ohanglar ostida tegishli mas’ullar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Delegatsiya vakillari kun davomida ko‘hna kent — Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishdi.

Xususan, qadimiy Labi Hovuz ansamblidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi qolaversa, Buxoroning ertaknamo eski shahar qismini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Bugun, 12-fevral kuni erta tongdan xorijiy turoperatorlar o‘z sayohatlarini “Bahouddin Naqshband” majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi. Ularga B. Naqshbandning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ziyorat obyektlarida yaratilgan shart-sharoitlar xususida batafsil so‘z yuritildi.

Navbatdagi sayohat obyekti — Sitorai Mohi-Xosa majmuasi bo‘lib, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, saroydagi sharqona va yevropacha bezaklar, shuningdek, muzeydagi qadimiy va noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.